Tizim haqida

Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarda organizmlarning sitologik va gistologik tuzilishi, hujayra xillari, hujayraning bo‘linish turlari, embrional taqqiyot qonuniyatlarini tushuntirish orqali talabalarning tirik mavjudotlarga nisbatan ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, ularning tabiatga, tirik organizmlarga mehr-muhabbat his – tuyg‘usini rivojlantirishdan iborat.

Fanning oldiga qo‘ygan vazifalari – talabalarda hayvonlar hujayrasi, to‘qimalari, organlari va organizmi tuzilishi hamda funksiyasi, hayvonlarning ko‘payishi, rivojlanishi, hayot kechirishi to‘g‘risidagi bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish; ularning organizmda kechadigan jarayonlar to‘g‘risida ijodiy fikrlash, hujayra, to‘qima va embrional taraqqiyot jarayonlari aks etgan rasm va mikropreparatlarni “o‘qish” va gistologik preparatlar tayyorlash malakalarini rivojlantirishdan iborat.