
Sitologiya, gistologiya va embriologiya fanini Elektron o`qitish tizimida fanni nazariy, amaliy va labaratoriya mashg`ulotlarini elektron o`qishni amalga oshirish mumkin.
Sitologiya, gistologiya va embriologiya fanini o‘qitishni o‘quv jarayonida ma’ruza mashg‘ulotini tashkil etishda talabalarni mustaqil izlanishlarini uchun nazariy ma’lumotlar, mavzulashgan videolar, interaktiv dars materiallaridan foydalanish imkoniyatiga ega. Bu nazariy mashg‘ulotlar davomida talabalarni analitik fikrlash, muhokama qilish, muammolar yechish va boshqa nazariy bilimlarni amaliy jihatdan rivojlantirishga yordam beradi.
Amaliy mashg‘ulot – nazariy mashg’ulot bilimlarga tayangan holda amaliy topshiriqlar ustida ishlash, topshiriqlarni taqdim etish usullari ishlab chiqilgan.Amaliy ishlar metodi – o’zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar yechimini topishga yo’naltirilgan jarayonda qo’llashni taqozo etadi. Bunda nazariy bilimlarni amaliyotda qo’llash ko’nikmasi hosil qilinadi.
Laboratoriya mashg‘ulotlari mazmuni — bu talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmaga aylantirishga qaratilgan, aniq strukturaga ega o‘quv faoliyatlari majmuasidir. Elektron o‘qitish tizimida bu mazmun vizual, interaktiv va tahliliy shaklda beriladi.
Mustaqil ta’lim — talabaning o‘qituvchi bevosita ishtirokisiz, lekin metodik jihatdan yo‘naltirilgan holda bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarni egallash jarayonidir. Elektron o‘qitish tizimida bu jarayon moslashuvchan, interaktiv va individual shaklda tashkil etiladi.